MIGRATSIYA BOʻYICHA XALQARO TASHKILOT DOIRASIDA NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

xalqaro hamkorlik, Xalqaro migratsiya tashkiloti, xalqaro migratsiya, noqonuniy migratsiya, xavfsiz migratsiya, tartibli migratsiya, migrantlar huquqlari, qaytish, reintegratsiya

Annotatsiya

Global jarayonlar va mintaqaviy integratsiya sharoitida migratsiya harakatlari jahon miqyosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masala sifatida namoyon boʻlmoqda. Noqonuniy migratsiya nafaqat davlatlarning ichki xavfsizligiga tahdid soladi, balki migrantlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ham xavf ostiga qoʻyadi. Shu sababli global va mintaqaviy miqyosda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) doirasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning huquqiy, institutsional va amaliy mexanizmlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi XMT tomonidan amalga oshirilayotgan global va mintaqaviy dasturlarning noqonuniy migratsiyaning oldini olishdagi samaradorligini aniqlash, shuningdek, ularni milliy migratsiya siyosatiga integratsiya qilish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqotda huquqiy tahlil, tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik maʼlumotlarni oʻrganish hamda xalqaro shartnomalar va XMT hujjatlarini tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida davlatlar oʻrtasida axborot almashinuvi yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagani, noqonuniy migrantlarni aniqlash va ularni qaytarish mexanizmlarining samarasizligi, shuningdek, migrantlar huquqlarini himoya qilishdagi institutsional boʻshliqlar asosiy muammolar sifatida aniqlangan. Muallif yakunda XMT doirasida raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, qayta integratsiya dasturlarini kengaytirish hamda huquqiy mexanizmlarni uygʻunlashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ilgari surgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27