MIGRATSION JARAYONLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI: AQSH MISOLIDA
Kalit so‘zlar:
migratsiya oqimlari, migrantlar, retsipiyent davlat, donor davlat, tranzit davlat, huquqiy asoslar, xavfsizlik, milliy manfaatlarAnnotatsiya
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida migratsiya jarayonlarini boshqarish va tartibga solish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu maqolada migratsiya oqimlarini boshqarish va nazorat qilish imkonini beradigan qonunchilik normalari va mexanizmlarini ishlab chiqish, mamlakat hududiga kirib kelayotgan migrantlar faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish, shuningdek, milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni ta’minlash kabi migratsiya siyosatining muhim jihatlari o‘rganilgan. Ushbu siyosat doirasida doimiy nazoratni tashkil qilish, noqonuniy migrantlarni aniqlash hamda migrantlarning yangi jamiyat va mehnat sharoitlariga moslashishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda AQSHda turli omillar ta’sirida migratsiya oqimlari faolligi ortayotgani, milliy xavfsizlikka tahdidlar kuchayayotgani, shuningdek, ushbu jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini himoya qilish zarurati kuzatilayotgani tadqiq etilgan. Shuningdek, migratsiya tushunchasining nazariy asoslari va tasnifi, migratsiya jarayonlarini tadqiq etishning institutsional asoslari aniqlanib, migratsiya va xavfsizlik kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi nazariy-konseptual tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot natijalari va vaziyat tahlilidan uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.