Jurnal haqida
Yuridik fanlar axborotnomasi
Tashkil etilgan yili: 2020-yil 22-dekabr
Tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari
Davriyligi: bir yilda 4 marotaba
ISSN: 2181-919X | E-ISSN: 2181-1148
Veb-sayti: https://review.tsul.uz/
Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari natijalarini chop etish tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi (Crossref). Maqolalar annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, metodlar, natijalar, muhokama va xulosa kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. Adabiyotlar APA usulida rasmiylashtiriladi. Jurnalda maqolalar Turnitin dasturi orqali antiplagiatga tekshiriladi va anonim ekspertiza (double-blind peer review)dan o‘tkaziladi. Maqolalar https://e-researcher.uz/ platformasi orqali qabul qilinadi.