YANGI OʻZBEKISTONNING XALQARO HUQUQIY TASHABBUSLARI
Kalit so‘zlar:
xalqaro huquq, xalqaro huquqiy tartibot, norma ijodkorligi, xalqaro huquqiy tashabbus, xalqaro tashkilot, xalqaro shartnoma, konvensiya, rezolyutsiyaAnnotatsiya
Mazkur maqola Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi roli va uning global hamda mintaqaviy miqyosda ilgari surayotgan xalqaro huquqiy tashabbuslari tahliliga bagʻishlangan. Tadqiqotda mamlakatimizning xalqaro huquq normalarining oddiy isteʼmolchisidan faol norma ijodkoriga aylanib borish di-namikasi tadqiq etiladi. Ushbu jarayonni kompleks oʻrganish maqsadida tizimli yondashuv, tasniflash, qiyosiy tahlil va tarixiy tadrijiylik metodlaridan foydalanilgan. Oʻzbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan 2 ta xalqaro konvensiya hamda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan 10 dan ortiq maxsus rezolyut-siyalarning mazmun-mohiyati va huquqiy asosi ilmiy jihatdan baholangan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Oʻzbekistonning xalqaro huquqiy tashabbuslari va milliy strategiyalari oʻrtasidagi oʻzaro uygʻunlik hamda ularning xavfsizlik, iqlim oʻzgarishi, turizm va giyohvandlikka qarshi kurashdagi oʻrni aniqlangan. Yakuniy xulosa sifatida, mamlakatimiz tomonidan ilgari surilayotgan global gʻoyalar xalqaro huquqiy tartibotni mustahkamlashga, min-taqaviy barqarorlikni taʼminlashga va Oʻzbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini tubdan oshirishga xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan.



