O‘ZBЕKISTONDA INTЕLLЕKTUAL MULK HIMOYASINING HUQUQIY MЕXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH
Kalit so‘zlar:
ntellektual mulk, huquqiy himoya, mualli�lik huquqi, innovatsiyalar, xalqaro standartlar, qonunchilikAnnotatsiya
Maqolada zamonaviy-iqtisodiy sharoitlarda intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy kafolatlari ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan mualliflik, patent va turdosh huquqlarni muhofaza qilishning milliy hamda xalqaro huquqiy mexanizmlari, ularning innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish hamda huquq egalari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili asosida sohadagi asosiy muammolar, jumladan, tadbirkorlarning huquqiy madaniyat darajasi pastligi, patent vakillari institutining yetarlicha rivojlanmaganligi, mediatsiya mexanizmlaridan kam foydalanilishi, shuningdek, raqamli muhitda mualliflik huquqlarini himoya qilishdagi qiyinchiliklar aniqlangan. Bundan tashqari, yuridik shaxslarning javobgarligi masalalari va uni qo‘llash doirasini kengaytirish zarurati atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy kafolatlari samaradorligini oshirishga, jumladan, rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, raqamli nazorat vositalarini rivojlantirish va institutsional mexanizmlarni kuchaytirishga qaratilgan bir qator amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Yakunda huquqiy tartibga solishni zamonaviy texnologik chaqiriqlarga yanada moslashtirish zarurligi to‘g‘risida xulosa qilingan.



