ARBITRAJ NIZOLARINING UCHINCHI SHAXSLAR TOMONIDAN MOLIYALASHTIRILISHI TIZIMINING MOHIYATI: ADOLATGA ERISHISH VOSITASIMI YOKI NIZOLARNI TIJORATLASHTIRISH?

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

xalqaro tijorat arbitraji, uchinchi shaxslar tomonidan moliyalashtirish, moliyalashtirish mexaniz-mi, manfaatlar toʻqnashuvi, arbitraj xarajatlari, qiyosiy-huquqiy tahlil

Annotatsiya

Mazkur maqola xalqaro tijorat arbitrajida nizolar uchinchi shaxslar tomonidan moliyalash-tirilishi (UTM) amaliyotining nazariy asoslari, huquqiy tabiati hamda uni tartibga solish modellarini tahlil qiladi. Tadqiqotda ushbu moliyalashtirish mexanizmining adolatga erishishni taʼminlashdagi roli bilan bir qatorda, moliyalashtiruvchining ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishi, moliyalashtiruvchi va arbitr oʻrtasidagi manfaatlar toʻqnashuvi hamda arbitraj xarajatlarini qoplash majburiyati bilan bogʻliq huquqiy muammolar ham koʻrib chiqi-ladi. Shuningdek, Angliya va Uels, Singapur hamda Gonkongning UTMni tartibga solish modellari qiyosiy-huquqiy jihatdan oʻrganilib, ularning oʻziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Shu bilan bir qatorda, mazkur moliyalashtirish amaliyotini xalqaro tijorat arbitraji qoidalari orqali institutsional huquqiy tartibga solish rejimi ham Singapur va Gonkong modeli kesimida qiyosiy tahlil etiladi. Va shu orqali barcha huquqiy tartibga solish modellarida UTMning huquqiy muammolarini bartaraf etish hamda ularga yechim berishdagi yutuq va kamchiliklari ochib beriladi. Tad-qiqot natijasida UTMni samarali tartibga solish har bir davlatning huquqiy tizimi hamda iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqishi, shu bilan birga, arbitrajning mustaqilligi va shaffofligini taʼminlovchi muvozanatli huquqiy mexanizm zarurligi asoslab beriladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

ARBITRAJ NIZOLARINING UCHINCHI SHAXSLAR TOMONIDAN MOLIYALASHTIRILISHI TIZIMINING MOHIYATI: ADOLATGA ERISHISH VOSITASIMI YOKI NIZOLARNI TIJORATLASHTIRISH?. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 53-62. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/612