XALQARO TASHKILOTLAR DIPLOMATIK HUQUQI MANBALARINING TIZIMI VA TAʼSIRCHANLIGI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

xalqaro huquq, diplomatik huquq, xalqaro tashkilotlar, immunitet, xalqaro shartnomalar, diplomatik vakolatxona, xalqaro munosabatlar, huquq manbalari

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida xalqaro tashkilotlar roli va taʼsir doirasining keskin oshib borishi sharoitida ularning diplomatik huquqi manbalari, tizimli tuzilishi va amaliy taʼsirchanligi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – xalqaro tashkilotlar diplomatik huquqi manbalari tizimining o‘ziga xosligini yoritish, xalqaro huquq ijodkorligi jarayonidagi mavjud nazariy va amaliy muammolarni hal etish hamda huquq manbayi va huquq shakli oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlashdan iborat. Masalani yoritishda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy, formal-yuridik hamda empirik kuzatish usullaridan majmuali tarzda keng foydalanilgan. Oʻrganishlar natijasida xalqaro tashkilotlar nafaqat davlatlararo muloqot va hamkorlik maydoni, balki jahon taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi mustaqil huquqiy norma yaratuvchi subyekt ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, tadqiqot jarayonida tor va keng maʼnodagi yondashuvlar tahlil qilinib, xalqaro huquq manbasining asosi subyektlarning kelishilgan xohish-irodasi ekanligi isbotlangan. Olingan ilmiy natijalar zamonaviy xalqaro munosabatlar amaliyotida, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini huquqiy tartibga solishda hamda xalqaro huquqning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishda amaliy jihatdan qoʻllanishi mumkin. Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi manbasi tushunchasi huquqning oʻz ifodalanish shakllarini, ishtirokchilarning kelishilgan umumiy irodasini, huquqiy norma yaratish vositalarini hamda bevosita norma hosil boʻlish jarayonining oʻzini toʻliq qamrab oladi va bu jarayon shartnomalar tuzish yoki qarorlar qabul qilish orqali namoyon boʻladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

XALQARO TASHKILOTLAR DIPLOMATIK HUQUQI MANBALARINING TIZIMI VA TAʼSIRCHANLIGI . (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 146-153. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/601