JINOYAT PROTSESSIDAGI EKSPERTIZA INSTITUTI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyat protsessi, ekspertiza instituti, kontinent ekspertizasi, tortishuvli ekspertiza (adversarial expertise), nazorat ostidagi ekspertiza (controlled expertise), ekspert xulosasining ishonchliligi, alternativ ekspertiza

Annotatsiya

Mazkur maqolada jinoyat protsessida ekspertiza institutining huquqiy tabiati, uning turli huquqiy tizimlardagi oʻrni va rivojlanish tendensiyalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, anglo-sakson (adversarial expertise) va kontinent (continental expertise) yondashuvlar oʻrtasidagi asosiy farqlar, ularning afzalliklari va kamchiliklari ilmiy nuqtayi nazardan solishtiriladi. Tadqiqot davomida AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika Respublikasi kabi davlatlarda mavjud tortishuvli ekspertiza tizimi hamda Fransiya, Germaniya va Niderlandiya kabi mamlakatlarga xos boʻlgan rasmiy ekspertiza tizimining oʻziga xos jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, maqolada ekspertiza institutining evolyutsiyasi, xususan, anglo-sakson tizimlarida sudning ekspert xulosalarini baholashdagi rolining ortib borishi va kontinent tizimlarda esa taraflar huquqlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar tahlil qilinadi. Avstraliya tajribasiga ko‘ra ekspertlarni bir vaqtning o‘zida tinglash instituti (concurrent evidence, hot tubbing), Fransiyada plural ekspertiza hamda nazorat ostidagi ekspertiza (controlled expertise) kabi modellar alohida eʼtiborga olinadi. Tadqiqot doirasida ekspert xulosasining ishonchliligi, tarafkashlik muammosi, ekspertlarning protsessual maqomi va sud tomonidan dalillarni baholashdagi qiyinchiliklar chuqur oʻrganiladi. Shuningdek, postsovet hududidagi davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston jinoyat protsessida kontinent tizimining ustuvorligi va uning oʻziga xos xususiyatlari yoritiladi. Muallif tomonidan nazorat ostidagi ekspertiza institutini joriy etish zarurati asoslab beriladi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

JINOYAT PROTSESSIDAGI EKSPERTIZA INSTITUTI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 137-145. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/600