RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA NORMA IJODKORLIGINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI TAHLILI
Kalit so‘zlar:
norma ijodkorligi faoliyati, raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, normativ-huquqiy hujjat, raqamli davlat boshqaruvi, norma ijodkorligi jarayonini avtomatlashtirish, huquq ijodkorligi, qonunchilikAnnotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada raqamlashtirish davrida huquq, xususan, norma ijodkorligi faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini ilmiy tadqiq qilish asosiy maqsad qilib olingan. Shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qoʻllash amaliyoti, ilgʻor xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti hamda ilmiy-nazariy qarashlar, huquqiy kategoriyalar mazkur ilmiy maqolaning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Qonunchilik institutining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan norma ijodkorligi faoliyati bugungi kunda dolzarb sohalardan biri hisoblanib, uni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Xususan, norma ijodkorligi jarayoni (normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish, kelishish, kiritish va ijrosini monitoring qilish) bosqichlarini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi tizimni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, norma ijodkorligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish hamda kelishish bosqichlarini avtomatlashtirish, mazkur bosqichga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi va ilmiy-huquqiy manbalar tahlili asosida raqamli texnologiyalarni norma ijodkorligining aynan qaysi bosqichlarida qoʻllash mumkinligi yuzasidan mualliflik taklif va tavsiyalari ishlab chiqilgan.



