OʻZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLAR HUQUQLARI VA IMTIYOZLARINING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI HAMDA ULARNING YURIDIK TAHLILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

nogironligi boʻlgan shaxslar, huquq, imtiyozlar, jamiyat, taʼlim huquqi, davlat, davlat islohotlari

Annotatsiya

Fuqarolik jamiyati inklyuziv mazmun-mohiyat kasb etar ekan, bu jarayonda alohida ehtiyojli shaxslarning ham oʻziga xos faolligi kuzatilmoqda. Ularga yaratib berilayotgan imtiyozlar mana shu faollikka zamin yaratmoqda. Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari, erkinliklari va ularning qonu­niy manfaatlari taʼminlanishi bu toifa shaxslar uchun taʼlim olish, mehnat qilish huquqlarini, ijtimoiy himoya sohalaridagi imtiyozlardan foydalanishlarida keng koʻlamli imkoniyatlarni taqdim etadi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi nafaqat Oʻzbekiston miqyosida, balki jahon darajasida ham jiddiy masala hisoblanadi. Shu bois bu borada ham koʻplab imtiyozlar joriy etilgan. Masalan, 
2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. Maqolada shu kabi sohani rivojlantirishga doir kerakli chora-tadbirlar tahlil qilinadi, mavzuga doir mahalliy hamda xorijiy adabiyotlar oʻrganiladi, olimlarning fikrlari keltiriladi hamda yakunda tegishli takliflar beriladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-24