OLIY TAʼLIM TASHKILOTLARI – MAʼMURIY HUQUQNING SUBYEKTI SIFATIDA

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

oliy taʼlim tashkiloti, litsenziya, ruxsat berish, subyekt, boshqaruv, akademik musta­qillik

Annotatsiya

Maqolada davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va tartibga solish munosabatlarining mazmun-mohiyati, boshqaruvni amalga oshirishning oʻziga xos xu­susiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud milliy qonunchilikni tahlil etish asnosida oliy oʻquv yurtlarini boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Sohaga keng avtonomiya va erkinlik berish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtilgan. Shu bilan birga, davlat oliy taʼlim tashkilotlariga akademik mustaqillik berishning prinsipial jihatlarini bugungi kun talablariga moslashtirish, taʼlim tashkilotlari hamda sohani tartibga soluvchi davlat tashkilotlarining oʻzaro munosabati, shuningdek, xorijiy tajriba asosida boshqaruvni tashkil etish masalasi koʻtarilgan. Oliy taʼlim tashkilotlarining akademik mustaqillik borasidagi muammolarini bartaraf etishning zamonaviy yechimlaridan biri sifatida chet el davlatlarining universitetlari amaliyotini qoʻllagan holda davlatga qarashli oliy taʼlim tashkilotlarini xususiylashtirish, faoliyatlarini mustaqil olib borish mumkinligi qayd etilgan. Shuningdek, taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish jarayonida vujudga keladigan litsenziyalash, akkreditatsiya bilan bogʻliq holatlar tizimli tarzda oʻrganilib, oliy taʼlim tashkilotlari maʼmuriy huquqning subyekti sifatida davlat boshqaruvi organlari bilan vujudga keladigan holatlari tadqiq qilingan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-23