INGLIZ TILINI CHET TILI SIFATIDA OʻQITISHDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUV MAZMUNIDA TA’LIM AVTONOMIYASI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

kompetensiyaga asoslangan yondashuv, EFL, ESL, Moodle, mustaqil taʼlim, oʻz-oʻzini tarbiyalash, taʼlim avtonomiyasi, umrbod taʼlim, oʻrganish haqida oʻrganish, amalda oʻrganish.

Annotatsiya

Maqolada ingliz tilini chet tili sifatida oʻqitishda kompetensiya (malaka)ga asoslangan yondashuv orqali talabalarga chet tilini oʻrgatishning asosiy tushunchalaridan biri boʻlgan mustaqil ta’lim olishning (ta’lim avtonomiyasi) dolzarbligi masalalari yoritilgan. Ta’lim avtonomiyasini shakllantirish zarurati zamonaviy dunyo talablari, “uzluksiz ta’lim” paradigmasi, zamonaviy insonning “til oʻrganish” qobiliyati, mustaqil ta’lim olish qobiliyatini shakllantirish bilan uzviy bogʻliq. Maqolada kompetensiyaga asoslangan yondashuvning mohiyati har tomonlama koʻrib chiqilgan boʻlib, ushbu tushunchani ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan bogʻliq bir qator muammolar koʻrsatilgan. Maqola Moodle platformasida ishlab chiqilgan “Yuristlar uchun ingliz tili” onlayn moduliga asoslangan boʻlib, onlayn kurslar oʻquvchilarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini shakllantirishdagi hissasi haqida xulosalar chiqariladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-20