DAVLATNING BOLALARNI ZARARLI AXBOROTLARDAN HIMOYA QILISH FUNKSIYASI: QONUN VA AMALIYOT TAHLILI
Kalit so‘zlar:
zararli axborotlar, raqamli texnologiya, ommaviy axborot, yosh koʻrsatkichlari, inson huquqlari, maxfiy axborotAnnotatsiya
Maqolada jamiyatda zararli axborotning tarqalishi va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlarning zoʻravonlik shakliga aylanishi masalalari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda zoʻravonlik, tahqirlash va kiberbulling kabi holatlarning ko‘payishi hamda ularning oldini olish yo‘llari o‘rganilgan. Hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri – bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur yo‘nalishda davlat organlarining faoliyati va ularning amalga oshirayotgan amaliy choralari tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlarni zararli axborotlar ta’siridan asrash hamda ijtimoiy tarmoqlarda zo‘ravonlikka duchor bo‘lish xavfini kamaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zararli axborotning turlari va uning inson ruhiyatiga salbiy ta’siri tahlil qilingan. Zararli axborotlarning yosh toifalari bo‘yicha tasnifi keltirilgan. Shuningdek, bolalarni himoya qilish maqsadida davlat tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinib, ularning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada ushbu muammolarning oldini olish bo‘yicha samarali usullar hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalariga asoslangan holda, jamiyatda sog‘lom axborot muhitini shakllantirishga doir amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.