TADBIRKORLIK FAOLIYATI SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TIZIMI

Li Adik

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada tadbirkorlikni boshqarish bo‘yicha davlat organlari tizimining hozirgi holati va uning huquqiy ta’minoti tahlili keltirilgan. Shuningdek, bunday tizimning muhim xususiyatlari va uni huquqiy tartibga solish o‘rganilgan. Garchi bu tizimda tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning yagona tashkiliy markazi bo‘lmasa-da, tadbirkorlik faoliyatini boshqaruvchi davlat organlari tizimini davlat mexanizmining ajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqishning obyektiv qonuniyatlari belgilandi. Tadqiqotda tadbirkorlikni boshqarish bo‘yicha markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi tub o‘zgarishlar va ularning huquqiy holati ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha muayyan vakolatlar berilgan nodavlat organlarini, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha davlat organlari tizimining elementlari sifatida tan olish va uning ushbu tizimdagi rolini oshirish zarurligi to‘g‘risidagi xulosa asoslab berildi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan boshqarish va uni huquqiy tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligini Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tuzilmasidan ajratish, huquqiy maqomi bo‘yicha vazirlik kabi ijro etuvchi organga tenglashtirish chora-tadbirlari taklif etildi. Bunday organga barcha davlat organlari, zarurat bo‘lganda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish vazifasi topshirilganini hisobga olib, uni alohida maqomga ega hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadigan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzish taklifi berildi.
Kalit so'zlar
davlat boshqaruvi, organlar tizimi, tadbirkorlik faoliyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat organlar.