HUQUQ PRINSIPLARI VA UNING HUQUQIY TIZIMDA TUTGAN OʻRNI

Mustafaqulov Dilshod Salomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqiy tizimning muhim elementi boʻlgan huquq prinsiplariga oid ayrim nazariy masalalar tahlil etilib, unda huquq prinsiplari huquq zamirida yotadigan bosh, rahbariy asoslar ekanligi, ularda huquqning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligi masalasi turli olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil etiladi. Huquq prinsiplari huquqning asosini tashkil etuvchi bosh gʻoya va qoidalar boʻlib, ular ayni paytda huquqning poydevori, uning ichki ustuni ekanligi asoslantiriladi. Maqolada huquq prinsiplarining milliy qonunchilikka singdirilishi, yuridik faoliyatda, odil sudlovda qoʻllanishi kabi masalalar aniq misollar yordamida tahlil etilgan. Huquq prinsiplari amal qilish sohasiga qarab bir qator guruhlarga ajratilgan va ularning xususiyatlari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
huquq, prinsip, huquq prinsiplari, umumhuquqiy prinsiplar, huquq analogiyasi, sohalararo huquq prinsiplari.