HUQUQIY EKSPERTIZA ‒ NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATINING ASOSIY BOSQICHI SIFATIDA

Xo‘janazarov Azizjon Anvarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Bugungi kunda yurisprudensiyada norma ijodkorligi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqot mavzularidan biridir. Norma ijodkorligi faoliyati normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, loyihalarni manfaatdor idoralar bilan kelishish, jamoatchilik muhokamasi hamda huquqiy va boshqa turdagi ekspertizani amalga oshirishni qamrab oladi. Ta’kidlash lozimki, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi norma ijodkorligi faoliyati asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Maqolada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi bosqichida qabul qilinishi lozim bo‘lgan normativ tusdagi rasmiy hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi izchil o‘rganilgan. Shundan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi va ushbu bosqichda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatiga oid nazariy hamda huquqiy masalalar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada norma ijodkorligi faoliyatining asosiy bosqichi sifatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil ochib berilgan. Ilg‘or xorijiy tajriba tahlili asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasiga oid chet el amaliyoti o‘rganilgan. Mavzudan kelib chiqib, huquqni qo‘llash amaliyoti va milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
davlat, norma ijodkorligi, hujjat, qonun, huquqiy, ekspertiza, loyiha, bosqich, xulosa, adliya, qaror, buyruq.