INSOFLILIK TAMOYILINING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING HUQUQIY TAVSIFI

Tadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Insoflilik tamoyili qadimgi xalqlardan to bugungi davrga qadar dunyo xalqlarining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda muhim omil sifatida qo‘llanib kelingan. Insoflilik tamoyili har bir huquqiy munosabatlar uchun o‘ziga xos huquq va majburiyatlarni belgilovchi, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan, muayyan mazmundagi xatti-harakatlar me’yorini ifodalamasa-da, turli huquqiy munosabatlar mazmunini himoya qilish va amalga oshirishni ta’minlashdagi ahamiyati katta. Insoflilik tamoyili haqiqat, huquqlarga hurmat va majburiyatlarga sodiqlik, o‘z harakatlarining natijalarini anglab yetish, boshqa shaxslarning manfaatlaridan o‘z manfaatlarini ustun qo‘ymaslik, uchinchi shaxslarga zarar yetkazishdan tiyilishni nazarda tutuvchi tamoyildir. U ijobiy deb hisoblangan va jamiyat manfaatlariga mos keladigan qoida, normalarga rioya qiladigan huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xatti-harakatlari bilan tavsiflanadi. Ammo qonun hujjatlarida bu tamoyil turli atamalar bilan birlashtirib qo‘llanilishiga qaramay uning mohiyati mavhum, chegaralari noaniq va foydalanish mezonlari mavjud emas. Ya’ni o‘zining mavhum va umumiyligi tufayli uni qonuniy yo‘l bilan aniqlashda qiyinchiliklar mavjud. Natijada sud amaliyotida bu tamoyil har doim ham to‘g‘ri talqin qilinmasligi yoki to‘g‘ri ma’noda ifodalanmasligi mumkin. Maqolada muallif insoflilik tushunchasi va tamoyilining mazmun-mohiyatini ochib berish uchun huquqiy doktrinalardan unumli foydalanadi. Shuningdek, rim huquqi, islom huquqi, anglo-sakson huquqiy tizimlaridagi insoflilik tamoyili va huquqiy tavsifini o‘rgangan holda, ushbu tamoyilni amaldagi huquqiy tizimda qo‘llashda ahamiyatga molik masalalar haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Kalit so'zlar
adolat, insoflilik, bona fides, ishonch, huquqda qo‘llash, qonunchilik, rim huquqi, islom huquqi.
Iqtibos uchun
For citation: