JINOYAT SUBYEKTI SIFATIDA SUNʼIY INTELLEKT JAVOBGARLIGI MASALASI

Nurmanov Xolbek Rahmatilla o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada muallif tomonidan jinoyatni sodir etish subyekti sifatida sunʼiy intellekt javobgarligi masalasi o‘rganiladi, jumladan, ushbu masalada yuridik fanda mavjud fikrlar, g‘oyalar, konsepsiyalar, ilmiy munozaralar atroflicha ko‘rib chiqiladi. Milliy qonunchilikda hozirgi kunda kiberjinoyatlarni sodir etish subyekti sifatida sunʼiy intellekt qilmishi uchun bevosita jinoiy javobgarlik choralari belgilanmagan. Ayni chog‘da rivojlangan xorijiy mamlakatlar (xususan, AQSh, Buyuk Britaniya) fan va amaliyotida, maxsus qonunlarida sunʼiy intellekt javobgarligiga oid bir qator huquqiy qoidalar shakllantirilgan (jumladan, uning bevosita yoki bilvosita javobgarligi shakllari haqida) bo‘lib, shu bois ushbu o‘ziga xos subyektning qilmishi yuzasidan javobgarlikni belgilashda jahon amaliyotida allaqachon shakllanib ulgurgan bir qator shart va talablarni inobatga olish zarur degan xulosaga kelingan. Buning uchun muallif tomonidan milliy fuqarolik, jinoyat va boshqa qonun hujjatlariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, sunʼiy intellektdan foydalangan holda sodir etilgan qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga oid tegishli amaliy qoidalarni ishlab chiqish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, zarar, javobgarlik, kiberjinoyat, delikt, kompyuter axboroti