KUCHLI RUHIY HAYAJONLANISH HOLATIDA QASDDAN ODAM OʻLDIRGAN SHAXSGA JAZO TAYINLASHDA JABRLANUVCHI XULQ-ATVORINING EʼTIBORGA OLINISHI
Niyozova Salomat Saparovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirgan shaxsga jazo tayinlashda jabrlanuvchi xulq-atvorining eʼtiborga olinishiga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada aybdorning kuchli ruhiy hayajonlanishiga asosiy sabab jabrlanuvchining gʻayriqonuniy harakati ekanligi, shuning uchun qonunda toʻsatdan paydo boʻladigan ruhiy hayajonlanish jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida belgilanishi tahlil etilgan. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida sodir etiladigan qasddan odam oʻldirish jinoyatining obyektiv tomoni tahlil etilib, unda qasddan odam oʻldirish jabrlanuvchining zoʻrlik ishlatishiga javoban kelib chiqqanligi; jabrlanuvchi tomonidan ogʻir haqoratlash (inson qadr-qimmatini toptash, uni jinoyat yoki axloqqa qarshi harakat qilganlikda ayblash, dini va millatini haqoratlash); jabrlanuvchining qonunga xilof boshqa harakat-harakatsizligiga (oʻz burchini bajarishdan boʻyin tovlash kabilar) eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlab oʻtilgan. Bundan tashqari, jinoyat sodir etilganda jabrlanuvchining salbiy harakatlari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ayblanuvchining foydasiga yengilliklar berishi haqida ham soʻz yuritiladi. Unda jabrlanuvchining shaxsi, turmush sharoiti va jinoyat olamida tutgan oʻrnini aniqlash jinoyat obyektining mohiyati va aniqligini koʻrsatishda ham muhim omillardan biri hisoblanib, jazo tayinlashda bular ham eʼtiborga olinishi kerakligi taʼkidlanadi.
Kalit so'zlar
affekt, jazo, jabrlanuvchi, javobgarlik, jinoyat, jinoyat sodir etgan shaxs, jazo tayinlash, xulq-atvor, eʼtiborga olish, yengillashtiruvchi holat