ELEKTRON TIJORAT VA LOGISTIKA: HUQUQIY TAʼMINOT MASALALARI
Ruzinazarov Shuxrat Nuraliyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi professori,yuridik fanlar doktori, Turon Fanlar akademiyasi akademigi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda elektron tijoratni huquqiy tartibga solinishining oʻziga xos xususiyatlari koʻrib chiqilgan. Muallif amaldagi qonunchilik, jumladan, Fuqarolik kodeksi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun va elektron savdoni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni tahlil qilgan. Onlayn bitimlarda tomonlarni identifikatsiyalash, elektron hujjatlarning yuridik kuchi, isteʼmolchilar xavfsizligini taʼminlash hamda huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, muallif elektron tijoratni tartibga solish boʻyicha xalqaro tajribani o‘rganib, raqamli iqtisodiyotning zamonaviy muammolarini inobatga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish yoʻllarini taklif etadi. Maqolada elektron savdoni rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhitni yaratish, raqamli identifikatsiya tizimlarini joriy etish hamda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish zarurligi taʼkidlanadi. Bundan tashqari, yagona standartlarni ishlab chiqishda davlat organlari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik muhimligi alohida qayd etiladi. Huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash va elektron tijorat ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar taklif etiladi. Maqola tijorat, fuqarolik va axborot huquqi sohalaridagi mutaxassislar, shuningdek, iqtisodiyotni raqamlashtirish hamda elektron faoliyatning huquqiy taʼminoti bilan shugʻullanuvchi amaliyotchilar, tadqiqotchilarda qiziqish uygʻotishi mumkin.
Kalit so'zlar
elektron tijorat, tovarlarni yetkazib berish, raqamli logistika, logistika samaradorligi indeksi, logistika metodlari va usullari, transchegaraviy savdo logistikasi, onlayn-doʻkon, raqamli fuqarolik muomalasi