YANGI OʻZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
		Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
 
Maqolada huquqiy madaniyatning nazariy-metodologik asoslari o‘rganilgan, uning taʼrifi va mazmuniga oid turli ilmiy yondashuvlar tahlil qilingan. Huquqiy madaniyatning turli konseptual modellarini taklif etgan gʻarb tadqiqotchilari, jumladan, L. Fridman, D. Nelken, R. Kottrell va boshqalar asarlari koʻrib chiqildi. Huquqiy madaniyat tushunchasini konseptualizatsiya qilish, uning tuzilishi, darajalari, ichki va tashqi omillariga alohida eʼtibor qaratildi. Huquqiy madaniyatni oʻrganishga yuridik, sotsiologik, madaniyatshunoslik va siyosatshunoslik jihatlarini qamrab oluvchi fanlararo yondashuv zarurligi asoslab berildi. Maqolada huquq-tartibotni shakllantirish, huquqiy ong va huquqni qoʻllash faoliyati samaradorligini oshirish uchun huquqiy madaniyatning ahamiyati ham ochib berildi. Yangi Oʻzbekistonda tizimli islohotlar sharoitida huquqiy madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, huquqiy maʼrifat, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yuridik taʼlimni takomillashtirish va huquqni qoʻllash mexanizmlarini mustahkamlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari tahlil qilindi. Huquqiy davlat qurishning muhim shartlaridan biri sifatida huquqiy madaniyatni shakllantirish va mustahkamlashga yondashuvlarni belgilovchi asosiy strategik va normativ hujjatlar koʻrib chiqildi. Tadqiqotning asosiy xulosalari umumlashtirilib, mamlakatimizda huquqiy madaniyatni yanada takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
 
huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy ma’rifat, yuridik ta’lim, huquq-tartibot, tizimli islohotlar, huquqiy savodxonlik, konseptualizatsiya, huquqni qo‘llash, fanlararo yondashuv