JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA QIDIRILAYOTGAN JINOYATCHILARNI USHLASHNING TAKTIK XUSUSIYATLARI

Djurabayev Rustam Turabbayevich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi, dotsent, podpolkovnik

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari harakatlari algoritmining jinoyat-prosessual, kriminalistik va tezkor-tergov xususiyatlarini kompleks bilishga asoslangan qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlash taktikasida ifodalanadigan jinoyatchilikka qarshi kurashishning yo‘nalishlaridan biri huquqiy tahlil qilingan. Shu bilan birga, qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlashning taktik xususiyatlari ichki ishlar organlari bo‘linmalari tomonidan qo‘llanadigan qidiruv taktikasining bir turi sifatida hibsga olishni tashkil etish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tergov organlarining jinoyat-qidiruv xizmati bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligining zarur yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Maqola doirasida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qidiruvdagi shaxslarni ushlashning ushbu turining taktikasi, shuningdek, ushlashda qo‘llanadigan taktik usullar masalalari tergov organlarining o‘zaro kelishilgan harakatlari nuqtayi nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. Qidiruvdagi shaxslarni jinoyat-protsessual munosabatlar ishtirokchisi sifatida ushlashning taktik usullarini ilmiy-amaliy tadqiq etish asosida qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlashni amalga oshiruvchi jinoyat-qidiruv xizmati xodimlarining jinoyat-protsessual tartibi, kriminalistik taktikasi va tezkor-qidiruv faoliyati algoritmiga oid olimlarning fikrlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
ushlash taktikasi, qidirilayotgangan jinoyatchi, jinoyatlarni tergov qilish, tergov organlari, jamoat tartibi, jinoyat protsessi, kriminalistik taktika, tezkor-qidiruv faoliyati, jinoyat-qidiruv xizmati