FRANSIYANING JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MODELI: INSTITUTSIONAL-HUQUQIY TAHLIL VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI
Xoʻjamberdiyev Farrux Komilovich
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola Fransiya Respublikasining jamoat xavfsizligini ta’minlash modelini taqqoslov-huquqiy va institutsional tahlil qilishga bag‘ishlangan keng qamrovli ilmiy tadqiqot haqida bo‘lib, unda bu modelni O‘zbekiston Respublikasining huquqiy va ma’muriy voqeligi sharoitida transformatsiya qilish imkoniyatlari baholangan. Tadqiqotning metodologik asosi o‘zaro to‘ldiruvchi yondashuvlar majmuasini, jumladan, normativ-dogmatik tahlil, institutsional diagnostika, kontent-analitik protseduralar va normativ modellashtirish elementlarini o‘z ichiga oladi. Tahliliy konstruksiya doirasida markazlashgan boshqaruv bilan desentralizatsiya mexanizmlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar, huquqni qo‘llash faoliyati tuzilmasida raqamli texnologiyalarni joriy etish, demokratik nazoratni institutsionalizatsiya qilish va jamoatchilikni jamoat xavfsizligini boshqarish subyekti sifatida jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Fransiya tajribasini umumlashtirish asosida O‘zbekiston huquq-tartibot tizimini takomillashtirishga doir konseptual asoslangan tavsiyalar ilgari surildi. Ularga davlat va nodavlat subyektlari o‘rtasida desentralizatsiyalashgan hamkorlikning normativ jihatdan mustahkamlangan shakllarini ishlab chiqish, kuch tuzilmalari vakolatlarini institutsional jihatdan ajratish, jamoat xavfsizligining raqamli infratuzilmasini shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tarmoqlararo dasturlarni joriy etish kiradi. Maqsadli model sifatida “xizmatga yo‘naltirilgan xavfsizlik” konsepsiyasi taklif etildi. U huquqni muhofaza qiluvchi va milliy xavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi davlat institutlariga nisbatan aholining ishonchi, oshkoralik va hisobdorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Kalit so'zlar
politsiya, jandarmeriya, Milliy gvardiya, desentralizatsiya, huquq-tartibot, raqamlashtirish, Vigipirate, Mahalliy xavfsizlik va jinoyatchilikning oldini olish kengashi (CLSPD)