ELEKTRON CHIQINDILARNING HUQUQIY TUSHUNCHASI

Raxmatova Dilafruz Ixtiyor qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Sayfullayev Feruz Botir oʻg‘li

“Angren Bunyod Fayz” MChJ Sanitar tozalash kompaniyasi Matbuot xizmati kotibi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada elektron chiqindilarning huquqiy tushunchasi, Oʻzbekiston Respublikasida ularni qayta ishlashning huquqiy jihatlari bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilgan. Bundan tashqari, elektron chiqindilar tarkibining asoslari, uning tasnifi va ushbu toifaning umumiy maishiy chiqindilar tarkibida fragmental guruh sifatida ajratilishi tahlil etilgan. Elektron chiqindilar yoki e-chiqindilar utilizatsiya qilinishi kerak boʻlgan, foydalanish muddati tugagan elektron qurilmalar va komponentlar – batareyalar, zaryadlash qurilmalari, mobil telefonlar, kompyuterlar, televizorlar, maishiy texnika, oʻyin pristavkalari va boshqa elektronikalardir. Elektron chiqindilar allaqachon butun dunyda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda katta muammoga aylandi. Bu mamlakatlarda tadbirkorlar zarur jihozlari va texnik xavfsizlik vositalari boʻlmasa-da, elektron chiqindilardan qimmatbaho materiallarni ajratib olish uchun foydalanadi. Bu faoliyat natijasida ajralib chiqadigan xavfli moddalar taʼsiri norasmiy qayta ishlash bilan shugʻullanuvchilar sogʻligʻiga jiddiy xavfni yuzaga keltiradi. Shunday qilib, elektron chiqindilar huquqiy tartibga solish va samarali boshqarish mexanizmlarini yaratishni talab qiladigan texnogen xomashyoning tobora koʻpayib borayotgan manbasini shakllantirmoqda. Bunda elektron chiqindilar nafaqat yoʻq qilinishi yoki zararsizlantirilishi kerak boʻlgan chiqindi nuqtayi nazaridan, balki qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga tegishli metallarni olishning potensial muhim ikkilamchi manbayi sifatida ham koʻrib chiqilishi zarur.
Kalit so'zlar
elektron chiqindilar, monitoring, tabiatni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish, qonunchilikni takomillashtirish, qattiq maishiy chiqindilar, Yevropa Ittifoqi Direktivasi, prognozlar, aylanma iqtisodiyot