QULAY ATROF-MUHITGA EGA BOʻLISH HUQUQINI TAʼMINLASH SOHASIDA MINTAQAVIY SHARTNOMAVIY-HUQUQIY MEXANIZMLAR
Rasbergenova Sarbinaz Alisherovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola insonning qulay va sogʻlom atrof-muhitda yashash huquqini himoya qilish boʻyicha mintaqaviy tizimlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Ushbu tizimlar tartibga solishning universal darajasiga nisbatan ilgʻorroq va moslashuvchanroq yondashuvni namoyon etadi. Tadqiqot doirasida toʻrtta asosiy model: Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasining sud amaliyoti talqini va Orxus konvensiyasiga asoslangan Yevropa tizimi, qulay atrof-muhitga boʻlgan mustaqil huquqni va davlatlarning hududdan tashqari majburiyatlarini mustahkamlagan Amerika qitʼasi tizimi, jamoaviy ekologik huquqni birinchi bor meʼyoriy darajada tan olgan Afrika tizimi, shuningdek, Arab va ASEAN tizimlari keng koʻrib chiqiladi. Maqolada sud amaliyotiga alohida eʼtibor qaratilib, ekologik daʼvolar, iqlim va transchegaraviy ifloslanish yuzasidan qabul qilingan oʻxshash qarorlar va shuningdek, ekologik huquq himoyachilarini qoʻshimcha kafolatlar bilan himoya qilishni nazarda tutuvchi 2018-yilgi Eskasu bitimi kabi innovatsion vositalar oʻrganiladi. Shuningdek, maqolada ekologik huquqning mintaqaviy darajada bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi hamda madaniy-huquqiy anʼanalar taʼsiri keng yoritiladi. Muallif xulosasiga koʻra, mintaqaviy tajribalar xilma-xilligi universal tartibga solishdagi boʻshliqlarni toʻldiruvchi samarali modellarni shakllantiradi. Har bir tizim inson ekologik huquqlari tushunchasining rivojlanishiga oʻziga xos hissa qoʻshdi. Bu hissa bilvosita tan olishdan ularni mustaqil ravishda mustahkamlashga oʻtishni taʼminladi va ekologik majburiyatlarning transchegaraviy oʻlchamini kuchaytirdi.
Kalit so'zlar
Inson huquqlari bo‘icha Yevropa konvensiyasi, Orxus konvensiyasi, Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika xartiyasi, Eskasu bitimi, Inson huquqlari bo‘yicha Amerika sudi, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi, Inson huquqlari bo‘yicha Afrika komissiyasi, jamoaviy ekologik huquqlar, hududdan tashqari majburiyatlar