OʻZBEKISTONDA YOʻL-TRANSPORT INFRATUZILMASI SOHASIDA KORRUPSIYAVIY XAVF-XATARLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI
Mirzayeva Mohina Srojiddinova
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada 2022–2024-yillar davomida Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash sohasida sodir etilgan korrupsiya jinoyatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu jinoyatlarning turlari, ularni amalga oshirish usullari, manfaatlar toʻqnashuvi holatlari, tender jarayonlaridagi kamchiliklar hamda davlat budjetiga yetkazilgan zarar statistik maʼlumotlar asosida yoritilgan. Muallif Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa rasmiy manbalar, shuningdek, OECD, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotlariga tayangan holda tahlilning ilmiy ishonchliligini taʼminlagan. Maqolada sohadagi korrupsion xavflarning tizimli sabablari aniqlanib, nazorat institutlarining yetarli samaradorlik koʻrsatmasligi, shaffoflikning pastligi va affillanganlik muammolari ochib berilgan. Shuningdek, korrupsiya xavfini aniqlash va baholash boʻyicha xalqaro tajribalar, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarning raqamli nazorat platformalari hamda maʼlumotlarni skrining qilish usullari tahlil qilingan. Ushbu tajriba asosida Oʻzbekistonda davlat xaridlarini shaffoflashtirish, tender jarayonlarini soddalashtirish va nazorat institutlarini kuchaytirishga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan. Muallif xalqaro tajriba va milliy qonunchilikka tayangan holda korrupsiyani kamaytirish hamda yoʻl-transport infratuzilmasida samaradorlikni oshirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy takliflarni ilgari surgan. Mazkur tavsiyalar jumlasiga davlat xaridlarini yagona raqamli platformaga oʻtkazish, tender jarayonlarini soddalashtirish, manfaatlar toʻqnashuvini cheklash va mustaqil nazorat mexanizmlarini joriy etish kiradi. Ushbu maqola sohaga oid korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar
korrupsiya, yoʻl qurilishi, taʼmirlash ishlari, budjet mablagʻlari, talon-toroj, jinoyatchilik, tender, nazorat mexanizmlari, davlat xaridlari