NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: NAZARIY-HUQUQIY JIHATLAR VA MODELLAR

Narimanov Bekzod Abduvaliyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, dotsent

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solishning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va mavjud modellari chuqur tahlil qilinadi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining demokratik jamiyatni shakllantirishdagi o‘rni, ularning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining turli qatlamlari manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdagi ahamiyati hamda inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va institutsional shart-sharoitlar, davlat bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari hamda jamoatchilik ishtirokini ta’minlovchi vositalar o‘rganiladi. Xalqaro tajribaga alohida e’tibor qaratilib, AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda qo‘llanilayotgan huquqiy tartibga solish modellari – liberal, aralash va paternalistik yondashuvlarning ustunlik va zaif tomonlari solishtirma-huquqiy tahlil asosida ochib beriladi. Shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganilib, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikning evolyutsiyasi, amaldagi huquqiy baza, davlat siyosati va institutsional qo‘llab-quvvatlash tizimining hozirgi holati ham keng yoritiladi.
Kalit so'zlar
nodavlat notijorat tashkilotlari, huquqiy tartibga solish, davlat nazorati, o‘zini o‘zi boshqarish, jamoatchilikka hisobdorlik, fuqarolik jamiyati, hamkorlik mexanizmlari, ishtirok modeli, liberal model