DAVLAT XARIDLARI BITIMLARINI MAXSUS SHARTNOMA TURI SIFATIDA BAHOLASH

Samandarova Feruza Baxromjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat xaridlari shartnomasining huquqiy tabiati fuqarolik-huquqiy nazariya nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Davlat xaridlarida tuziladigan shartnomalar Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan umumiy shartnoma belgilariga ega bo‘lsa-da, o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolik va ma’muriy huquq elementlarini mujassamlashtirgan maxsus tartibga ega shartnoma turi sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada ushbu shartnomalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning boshqa shartnomalardan farqli jihatlari, davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi cheklovlar, korrupsiyaning oldini olish va raqobatni rivojlantirishdagi o‘rni, shartnoma tuzish erkinligi prinsipining maxsus ko‘rinishi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Fuqarolik kodeksi, Yevropa Ittifoqi direktivalari, UNCITRAL model qonuni hamda OECD tavsiyalari asosida shartnoma institutining o‘ziga xosliklari nazariy va amaliy yondashuvlar nuqtayi nazaridan taqqoslab tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida davlat xaridlari shartnomasi fuqarolik-huquqiy tusga ega bo‘lsa-da, shartnoma subyektlari, tuzilish shakli, majburiyatni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari kabi bir qator farqli jihatlar bilan ajralib turishi aniqlangan. Yakunda davlat xaridi shartnomasi maxsus tartib, rejim va javobgarlik bilan ajralib turuvchi alohida shartnoma turi sifatida baholanishi taklif qilingan.
Kalit so'zlar
davlat xaridlari, maxsus shartnoma, davlat buyurtmachisi, insofsiz ijrochi, shartnoma tuzish erkinligi, elektron shartnoma