“VITAL” VA “SOPHIYA” ROBOTLARI – RAQAMLI DAVRDA YANGI HUQUQ SUBYEKTLARI SIFATIDA
Inoyatov Nodirbek Hayitboy o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Kiberhuquq kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar davrida huquq subyektlari doirasini kengaytirish, xususan, robotlarni subyekt sifatida e’tirof etish imkoniyatlari tahlil qilingan. “Vital” va “Sophia” kabi ilg‘or robotlar misolida sun’iy intellektga ega tizimlarning yuridik maqomi muammosi o‘rganilgan. Tadqiqot aralash metodologiyaga asoslangan bo‘lib, ilmiy adabiyotlar sharhi, hujjatlarni tahlil qilish va qiyosiy-huquqiy yondashuvlardan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy robotlar texnologik jihatdan ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, huquqiy subyekt maqomiga ega bo‘lish uchun zarur huquq va majburiyatlarni anglash hamda bajarish qobiliyatiga ega emas. “Vital” va “Sophia” bilan bog‘liq voqealar, asosan, marketing va ommaviy axborot vositalariga qaratilgan harakatlar bo‘lib, ularning huquqiy subyektligi mavjudligini anglatmaydi. Milliy va xalqaro miqyosda robotlarning huquqiy maqomiga doir turli yondashuvlar shakllanmoqda, biroq ular ko‘pincha axloqiy tamoyillar va xavfsizlik standartlariga tayanadi. Kelgusida sun’iy intellektning rivojlanishi bilan robotlarga oid huquqiy tartibotlar ishlab chiqish uchun yangi paradigmalar va alohida huquqiy rejimlar zarur bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari robotlar va sun’iy intellekt tizimlari bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, javobgarlik masalalari va tartibga solish mexanizmlarini shakllantirishda amaliy qo‘llanishi mumkin.
Kalit so'zlar
robotlar huquqi, yuridik shaxs maqomi, sun’iy intellekt, “Vital”, “Sophia”, robot javobgarligi, huquq subyekti