TAN JAROHATLARI YETKAZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA MAXSUS BILIMLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Ibadova Anjelika Ismatulloyevna
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, podpolkovnik
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Tan jarohatlari yetkazish jinoyatlarini tergov qilish jarayonida maxsus bilimlardan foydalanishning ahamiyatini o‘rganish ushbu tadqiqotning asosiy predmeti hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, tanaga yetkazilgan zarar holatlarini aniqlash hamda jinoyatning barcha jihatlarini to‘g‘ri baholash tergovchi va ekspert o‘rtasidagi samarali hamkorlikni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi tergov jarayonida sud-tibbiyot ekspertizasi, kriminalistika, psixologiya va boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, tergov faoliyatining sifatini yaxshilash hamda jinoyatni fosh etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi sifatida huquqiy tahlil, qiyosiy taqqoslash va amaliy tajriba tahlili asosida ilmiy yondashuv amalga oshirildi. Olingan natijalar tan jarohatlari yetkazish jinoyatlarini tergov qilishda maxsus bilimlarga asoslangan ekspert xulosalarining muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Tergovchi va ekspert o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash esa jinoyatlarni aniqlash hamda isbotlash jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida tergov usullarini takomillashtirish, jinoyat-protsessual amaliyotni yanada samarali tashkil etish va maxsus bilimlardan foydalanish tizimini rivojlantirishda qo‘llanishi mumkin. Yakunda tergov jarayonida maxsus bilimlarga asoslangan ekspertiza xulosalari jinoyat ishlarini hal etishda muhim omil sifatida baholandi.
Kalit so'zlar
jinoyat huquqi, tergov jarayoni, tan jarohati, maxsus bilimlar, sud-tibbiyot ekspertizasi, kriminalistika, tergovchi va ekspert hamkorligi, jinoyat-protsessual faoliyat