DAVLAT XIZMATI INSTITUTI: TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA SHAKLLANISHI
Raximov Dilmurodjon Gʻulomjon oʻgʻli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi katta o‘qituvchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti doktoranti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola davlat xizmati institutining kelib chiqishini, davlat xizmati tushunchasi va uning mohiyatini tahlil qilishni maqsad qilgan. Davlat xizmati institutining shakllanishi borasida bir qancha xorijlik mutaxassislarning tadqiqot ishlari oʻrganilgan. Meritokratik tamoyilga asoslangan professional soha sifatida davlat xizmati miloddan avvalgi 3-mingyillikda qadimgi Sharqda, asosan, qadimgi Misr va qadimgi Xitoyda shakllangan, degan xulosaga kelingan. Shu bilan birga, davlat xizmati ijtimoiy-huquqiy kategoriya sifatida XIX asrdan Buyuk Britaniyada qoʻllanila boshlaganligi qayd etilgan. Davlat xizmati institut sifatida Yevropada shakllangan boʻlsa-da, unga oid qarashlar, xususan, davlat amaldorlarini tanlashda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan sifatlarga oid fikr-mulohazalar milliy-tarixiy manbalardan ham oʻrin olganligi taʼkidlangan. Bu borada “Avesto”, Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy asarlarida ilgari surilgan ayrim gʻoyalardan misollar keltirib, ularning bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotmaganligi qayd etilgan. Bundan tashqari, davlat xizmati, davlat xizmatchisi va kadr tushunchalarining xususiyatlari izohli, ensiklopedik lugʻatlar hamda mahalliy va xorijlik olimlarning qarashlari asosida tahlil qilinib, ushbu tushunchalarga mualliflik taʼriflari taklif etilgan.
Kalit so'zlar
davlat xizmati, davlat xizmatchisi, davlat fuqarolik xizmati, kadr, meritokratiya, “Avesto”, “Siyosatnoma”, “Temur tuzuklari”