OʻZBEKISTONDA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Normatov Bekzod Akram oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekan oʻrinbosari, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Muallif mazkur maqolada soliq nazoratining bir turi sifatida soliq tekshiruvi institutiga oid kategoriyalarni tahlil qilgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Soliq organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻgʻridan toʻgʻri noqonuniy aralashishlarining oldini olish maqsadida soliq tekshiruvlari turi, hajmi va tartibining huquqiy asoslarini Soliq kodeksida aniq belgilash dolzarb masala. Oʻzbekistonda soliq tekshiruvlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qoʻllash amaliyoti, xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti hamda soliq huquqida mavjud boʻlgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalar tartibga soladi. Soliq tekshiruvining turlari soliqlar soni va toifasidan kelib chiqadi hamda tadbirkorlarning ish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmasdan davlat budjetiga tushumlar intizomini taʼminlash asosiy muammodir. Mazkur muammolarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik va boshqa usullar yordamida oʻrganish orqali milliy qonunchilikda soliq tekshiruvi tushunchasi, turlari va tekshiruv jarayonlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan tadbirlar doirasiga oid takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflar ilmiy faoliyat, qonun ijodkorligi, qonunni qoʻllash amaliyoti, soliq qonunchiligi normalarini sharhlash va milliy qonunchilikni takomillashtirishda qoʻllanadi.
Kalit so'zlar
soliq nazorati, soliq tekshiruvi, soliqlar, kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi, soliq tadbirlari, soliq organlari, bojxona organlari.