MAʼMURIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDA MUTANOSIBLIK PRINSIPINING OʻZIGA XOS OʻRNI VA UNING HUQUQIY AHAMIYATI

Jurayev Sherzod Yuldashevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning shakllanishida mutanosiblik prinsipi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari, qonunchilikda va amaliyotda qoʻllanishining ayrim nazariy, huquqiy va amaliy masalalari keltirilgan. “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan normaning maʼmuriy-huquqiy faoliyatda va maʼmuriy sudlar amaliyotida qoʻllanishida vujudga kelayotgan muammolar, xususan, aksariyat hollarda manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda mutanosiblik prinsipining muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilingan. Shuningdek, mutanosiblik prinsipini qoʻllash bilan bogʻliq sud amaliyoti va davlat organlarining faoliyatidan misollar keltirilib, qonunchilik nuqtayi nazaridan mualliflik sharhlari berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunda mustahkamlangan mutanosiblik prinsipiga oid normalarni mazmun jihatdan tahlil qilish ularning davlat organlari va xususiy shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarda qay darajada qoʻllanishi, huquqni qoʻllovchilar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimi nuqtayi nazaridan qanday huquqiy mexanizmlar yaratilganligi hamda jahon amaliyotida mutanosiblik prinsipining ahamiyati va oʻrni haqida izlanish olib borilgan. Shuningdek, mutanosiblik prinsipiga mualliflik taʼrifi berilib, qonunchilikka tegishli takliflar kiritish haqida xulosalar qilingan.
Kalit so'zlar
mutanosiblik prinsipi, mutanosiblik prinsipi tushunchasi, mutanosiblik prinsipining oʻziga xos xususiyatlari, taʼsir chorasi, proporsionallik, maʼmuriy ixtiyoriylik.