KORPORATIV HUQUQ SUBYEKTLARINI QAYTA TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARINI TASNIFLASH VA TIZIMLASHTIRISH

Raxmonov Otabek Qoʻchqor oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mamlakatimizda korporativ huquq subyektlarini qayta tashkil etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlsa-da, qayta tashkil etishning asoslari, usullari, turlari va tartibi turli xilligi va murakkabligini nazarda tutib ular muayyan bir tizimga solinmaganligini, sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirishni va ularning amal qilish mexanizmi izchilligini oshirishni talab qiladi. Ushbu maqolada korporativ huquq subyektlarini qayta tashkil etishning oʻziga xos jihatlarini hisobga olib, korporativ huquq subyektlarini qayta tashkil etishning shakllari va ularni amal qilishi huquqiy tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada korporativ huquq subyektlarini qayta tashkil etish tushunchasi, oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Maqolada korporativ huquq subyektlarining qayta tashkil etilish va bekor boʻlishi bilan bogʻliq munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi asosida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
qayta tashkil etish, qoʻshib yuborish, ajratish, ajratib chiqarish, birlashish, yuridik shaxs.