BUDJET JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

Samig‘jonov Fazliddin Rafkatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada budjet jarayoni va uning bosqichlari huquqshunos olimlarning fikrlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, muallif tomonidan budjet jarayonida iqtisodiy, huquqiy va siyosiy jihatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi, budjet jarayoni ham O‘zbekiston siyosatining ajralmas qismi ekanligi, uning samaradorligi mamlakatimizda budjet jarayonini huquqiy tartibga solish darajasi bilan belgilanishi isbotlab berilgan. Bundan tashqari, muallif moddiy budjet huquqiy normalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni budjet jarayoni deb hisoblash mumkinligi, boshqacha aytganda, budjet jarayoni budjet huquqiy munosabatlari subyektlarining moddiy budjet huquqlarini amalga oshirish shakli bo‘lib, protsessual budjet huquqi normalari bilan tartibga solinishini ilgari surgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari davlat prognozida bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan yalpi ichki mahsulot o‘sishi mutlaq raqamlarda, yalpi ichki mahsulot, sanoat mahsulotlari, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, chakana tovar aylanmasi foizlarda, iste’mol narxlari indeksining o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan o‘sish sur’atlari ilmiy asoslangan prognoz hisob-kitoblari asosida ishlab chiqilishi yoritilgan.
Kalit so'zlar
budjet, budjet jarayoni, budjet bosqichlari, makroiqtisodiyot, budjet siyosati, prinsip, budjet loyihasi, budjet so‘rovi, daromad.