HOKIMIYATLAR BOʻLINISHI NAZARIYASI VA UNING SHAKLLANISHIGA DOIR AYRIM NAZARIY MASALALAR
Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatining o‘z manbasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan uchta o‘zaro mustaqil tarmoqqa bo‘linishini nazarda tutadi. Davlat hokimiyatining har bir tarmog‘i davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lib, shu bilan birga, hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlarining o‘z vakolatlari doirasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunday nazorat “bir-birini cheklab, muvozanatda ushlab turish” mexanizmi orqali taʼminlanadi. Shu munosabat bilan hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining shakllanish tarixiga oid ayrim nazariy masalalarni tahlil etish ushbu prinsipning mazmun va mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning samarali davlat hokimiyatini tashkil etishdagi rolini aniqlashga xizmat qiladi. Binobarin, hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining mazmunini tashkil etuvchi dastlabki gʻoyalar qadimgi dunyo siyosiy-huquqiy tafakkurida vujudga kelgan boʻlib, u asrlar davomida sayqallanib, keyinchalik yaxlit nazariyaga aylangan. J. Lokk va Sh. Monteskyo mazkur nazariyaning asoschilari sifatida tan olingan. Garchi ushbu nazariya yaratilib, u prinsip sifatida davlat hokimiyatini tashkil etishda qoʻllanib kelayotganiga qaramay, ilmiy manbalarda mazkur prinsipning shakllanishi, uning mazmuni va ahamiyati haqida bahslar tugamaydi, qarashlar hatto bir-birini inkor etishgacha yetib boradi. Maqolada ushbu masalalarning ayrim jihatlari davlat va huquq nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.
Kalit so'zlar
hokimiyat, davlat hokimiyati, qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat, sud hokimiyati, “bir-birini chegaralab, muvozanatda ushlab turish” mexanizmi, hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasi, hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi, “vakolatlangan qonunchilik”, hokimiyatning suiisteʼmol qilinishi.