NORMA IJODKORLIGI JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI
Sodikov Akmal Shavkat o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jarayonida axborot bilan ta’minlash masalasini tadqiq etish orqali bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ilmiy-nazariy konseptual yondashuvlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. Tadqiqot olib borishda tarixiy, tizimli-tuzilmaviy, mantiqiy, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish va statistik ma’lumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan. Mazkur tadqiqot ishi natijasida norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlashning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalaridan ilmiy izlanishlar olib borish, normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini sharhlash, milliy qonunchilikni takomillashtirish, Davlat va huquq nazariyasi, Norma ijodkorligi va Yuridik texnika o‘quv modullaridan ta’lim berish hamda mazkur modullarni ilmiy-nazariy jihatdan yanada boyitishda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
axborot, norma ijodkorligi, norma ijodkorligini raqamlashtirish, malaka oshirish, yuridik xizmati, normativ-huquqiy hujjatlar, axborot aylanishi.