O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIYA SOHASIDAGI MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL
Aхrorov Adхamjon Asrorqul o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari faoliyati tushunchasi, maqsadi, obyekti va tizimi tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvi, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, kompetensiya masalalari hamda sohani tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimi huquqshunos olimlarning ilmiy fikrlari asosida asoslab berilgan. Bundan tashqari, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi va ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi organining kompetensiyasi tushunchalariga mualliflik taʼriflari ishlab chiqilgan. Ekologiya sohasini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimini uch turga bo‘lishda mazkur davlat boshqaruvi organlarining kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etishi nazariy jihatdan asoslangan. Shu bilan birga, ekologiya sohasini tartibga soluvchi boshqaruv organi vakolatlarini aniqlashda muhim jihat funksiyalar va vakolatlar o‘rtasidagi zarur muvofiqlikka erishish hisoblanishi, mazkur holatda, avvalo, vakolatlarning mazmuni tegishli boshqaruv organi funksiyalarining mazmuniga to‘liq mos kelishi kerakligi hamda davlat boshqaruvi organining vakolat doirasi u tomonidan bajariladigan funksiyalar hajmiga mos kelishi, har bir nazorat obyektiga nisbatan barcha funksiyalarning bajarilishini samarali taʼminlashi kerakligi o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida mamlakatimizda ekologiya sohasini tartibga soluvchi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tizimini optimallashtirish zaruriyati keltirilgan.
Kalit so'zlar
ekologiya, davlat boshqaruvi, atrof-muhit, kompetensiya, ijtimoiy munosabatlar, maʼmuriy faoliyat, normativ-huquqiy hujjat, ijtimoiy boshqaruv.