DAVLAT BOSHQARUVINI NOMARKAZLASHTIRISH INSTITUTI: SIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Alimuxamedov Suhrob Aybekovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada nomarkazlashtirish instituti ilmiy tushunchasi, mohiyati va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur institutning mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritilgan. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi tizimi sohasidagi davlat siyosati tahlili va ularni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari keltirilgan. Nomarkazlashtirish instituti huquqiy va siyosiy kategoriya nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Bo‘linmas huquqiy kategoriyalar sifatida nomarkazlashtirish va demokratiyaning nisbati ko‘rsatilgan. Muallif davlat boshqaruvi tizimini nomarkazlashtirish samaradorligiga taʼsir qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy omillarni ochib bergan. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimini nomarkazlashtirish tamoyillari, vakolatlarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishning zaruriy shartlari va sabablari, shuningdek, uni qanday sharoitlarda amalga oshirish mumkinligi, markazlashtirish va nomarkazlashtirish jarayonlarining muvozanatini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratilgan. Xulosa qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi tizimidagi mavjud zamonaviy muammolar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
nomarkazlashtirish, davlat boshqaruvi tizimi, markaziy davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, davlat boshqaruvi organlarini nomarkazlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari.