SPORT АRBITRАJI O‘ZBEKISTONDА RIVOJLАNIB BORАYOTGАN YANGI HUQUQIY FENOMEN SIFАTIDА
Salomov Jasur Botirovich
O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi bosh maslahatchisi
Valeev Аrtur Mahmudovich
O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi yetakchi maslahatchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada mualliflar tomonidan mustaqillik davridan to bugungi kunga qadar mamlakatimizda sport sohasi rivoji (qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, boshqa amaliy ishlar) darajasi tahlil qilindi. Xususan, hukumat tomonidan sportga bo‘lgan eʼtibor, sportchilarning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash, umuman, aholining sog‘lom turmush tarziga rioya etishining dolzarbligi, barkamol avlodni tarbiyalash, sportchilarga munosib izdoshlarni tayyorlashga qaratilgan uch bosqichli ichki sport musobaqalarining tutgan o‘rni alohida qayd etildi. Shu bilan birga, ko‘pgina mamlakatlarda sport arbitraji sohasi allaqachon rivojlangan bir paytda, O‘zbekistonda bu amaliyot hali o‘z o‘rniga ega emasligi, qonunchilik va ilmiy ishlar bazasi shakllanmaganligi baʼzi bir muammolarga olib kelayotganligi muallif tomonidan taʼkidlandi. Mazkur yo‘nalishni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish maqsadida izlanuvchi tomonidan xorij tajribasi, ilmiy ishlar hamda pretsedentlar o‘rganilgan bo‘lib, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
Kalit so'zlar
sport arbitraji, sport nizolari, Xalqaro sport arbitraj kengashi, Xalqaro sport arbitraj sudi, sport ombudsmani.