JINOYAT ISHINI TUGATISHDA SHAXS HUQUQLARINI TA’MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Maxmudov Sunnat Azim oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini tugatish instituti tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari va jinoyat ishini reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar boʻyicha tugatishda yuzaga keladigan ayrim muammolar tahlil etilgan. Maqolada olimlar jinoyat ishining reabilitatsiya qilinmaydigan asoslari boʻyicha ilgari surgan qarashlari orqali ushbu institutning qoʻllanish doirasi oʻrganildi. Olimlarning qarashlari va ilgari surgan gʻoyalaridan kelib chiqqan holda jinoyat ishini noreabilitatsiya asoslariga koʻra tugatish ilmiy, nazariy, amaliy va qonunchilik normalari orqali tahlil etildi. Shuningdek, maqolada ayblilik masalasini hal qilmasdan turib jinoyat ishini tugatish asoslari tasnifining surishtiruv va dastlabki tergovni tamomlashdagi oʻrni va ahamiyati, uning oʻziga xos jihatlari, jinoyat protsessual qonunchilik va sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar tahlil etildi. Maqolada olimlarning reabilitatsiya qilinmaydigan holatlar boʻyicha jinoyat ishini tugatish asoslari haqidagi fikrlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning taʼriflaridagi tushunchalarni qonunchiligimizga asosan koʻrib chiqish orqali jinoyat ishini tugatish asoslari turli mezonlarga koʻra alohida tasniflab chiqildi. Tahlil natijalari yuzasidan jinoyat protsessida reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar boʻyicha jinoyat ishini tugatish institutini takomillashtirish bo‘yicha tegishli xulosalar, taklif va tavsiyalar berildi.
Kalit so'zlar
javobgarlik, jinoyat ishini tugatish, jinoyat ishini tugatish mezonlari, reabilitatsiya, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar, javobgarlikka tortish muddati, yarashuv.