SHАHАRLАRDА QURILISH FАOLIYATINI EKOLOGIZАTSIYALАSHNING HUQUQIY MАSАLАLАRI

Uzakova Go‘zal Sharipovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Ekologiya huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini taʼminlash, eng avvalo, ular yashaydigan hududlarda – shaharlar va boshqa aholi punktlarida yer, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida ekologik normativlarga rioya qilish, qurilish jarayonini ekologizatsiyalash, hududlarni oqilona zonalashtirish kabilarga bog‘liq. Аmalga oshirilgan mazkur tadqiqot ishida shaharlardagi asosiy ekologik muammolar qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqildi. Bunda qurilish ishlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari va ilmiy-nazariy asoslari o‘rganildi. Shuningdek, hududlarni zonalashtirish, qurilish jarayonini ekologizatsiyalash, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning afzalliklari, chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, energiya tejamkor bino-inshootlar va uy-joylarni barpo etish masalalari ilmiy-huquqiy jihatdan o‘rganildi. Bundan tashqari, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasida nazarda tutilgan strategik maqsadlarga erishishda ekologik jihatdan samarali innovatsion texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish va kamaytirish, ekologik yo‘naltirilgan iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlash, qurilish faoliyatida ham “yashil” standartlarni qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
barqaror rivojlanish, “yashil” iqtisodiyot, qurilish faoliyati, aholi punkti (shahar), ekologizatsiyalash, kamchiqit texnologiya, energiya tejamkor inshoot.
Iqtibos uchun
For citation: