Yuridik fanlar axborotnomasi 2 / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Qoraxoʻjayeva Dilorom Mamirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqola ustoz va murabbiy, atoqli huquqshunos olim Otabay Ishanovich Ishanovning yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlashdagi ko‘p yillik mehnati hamda milliy davlatchilikni takomillashtirish va mamlakat huquq fanini rivojlantirish borasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatidagi ulkan yutuqlari uchun hurmat va sharaf sifatida xotirasiga bag‘ishlanadi. Asosiy biografik ma’lumotlar bilan bir qatorda, Alma-mater, ya’ni o‘qigan yillari, O‘zbekistonda milliy davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi sohasida ilmiy tadqiqotchi sifatida shakllanishi, shuningdek, A.I. Ishanovning ko‘plab ilmiy ishlari, respublika va ittifoq matbuotidagi qator maqolalari, yirik ilmiy nashrlarga nisbatan tahririyat faoliyatida o‘z ifodasini topgan umummilliy davlatning nazariy muammolari yoritib berilgan. …

Тulteyev Ilyas Тavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada konstitutsiyaviylik va konstitutsiyaviy huquq fanini rivojlantirishning vazifalari va istiqbollari konstitutsiyaviy tuzum va huquqiy ta’limotning hozirgi holati nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Konstitutsiyaviylik mohiyatini anglashda Konstitutsiyaviy huquq fanining alohida o‘rni, Konstitutsiyani modernizatsiya qilish va ularning yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’siri ta’kidlandi. Konstitutsiyaviy huquqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, mamlakatimiz Asosiy qonunini yangilashning ahamiyati, shuningdek, davlatning izchil rivojlanishini ta’minlashda konstitutsiyaviy huquq fanining maqsad va vazifalarini tahlil qilindi. …

Yuldoshbekov Avazbek Alisher o‘g‘li

TDYU tayanch doktoranti

Qodirova Dildora Irkinovna

TDYU qoshidagi akademik litsey katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Bozor iqtisodiyoti bosqichida xorijiy investitsiya va investorlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning faoliyatiga oid normativ hujjatlarni takomillashtirish va istiqbollarini belgilash ayni damdagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Davlatimiz tomonidan yakdillik bilan ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. …

Xodjayev Baxshillo Kamolovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor v. b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada intellektual mulk huquqini boshqarish va texnologiyalarni transfer qilish sohasidagi davlat qo‘llab-quvvatlovining o‘rni hamda ahamiyati haqida so‘z borgan. Bu boradagi davlat dasturlarining milliy va xorijiy tajribada oʻz aksini topishi masalalari muhokama qilingan. Xususan, Hindiston, Belarus Respublikasining IT sohasidagi tajribasi misolida O‘zbekistonda texnologiyalar transferining tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Davlatning nafaqat ommaviy huquq, balki xususiy huquq nuqtayi nazaridan intellektual mulkni boshqarishdagi ishtirokiga eʼtibor qaratilgan. …

Xo‘jayev Shohjahon Akmaljon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar aholi keng foydalanib kelayotgan asosiy platformalardan biriga aylandi. Ma’lumotlar almashinuvi tezligi oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqining buzilishi holatlari ham uchramoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar, intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategik hujjatlar qabul qilinishi mualliflik huquqini himoya qilish dolzarbligini ko‘rsatmoqda. …

Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy me’yorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan hamda uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruh hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur institutni mustahkamlashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslarini takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda. …

Murodjonova Mohiraxon Maqsudjon qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro biznes huquq fakulteti magistranti

Imamova Dilfuza Ismailovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqi fanlari kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada xalqaro qurilish shartnomasi tushunchasi o‘rganilgan. Ushbu mavzuning dolzarbligi xalqaro qurilish shartnomalari soni hamda sudlarda nizolarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu xorijiy element bilan tuzilgan pudrat shartnomalarini kvalifikatsiyalash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Urbanizatsiya va qurilish, xususan, xalqaro qurilishning jadal sur’atlarda rivojlanishiga qaramay, xalqaro qurilish shartnomasi na mahalliy qonunlar, na konvensiya tartibida shakllantirilgan. Xalqaro xususiy huquq doktrinasida bu tushunchaning shakllanishida olimlarning fikrlari turlicha. …

Usmonova Munisxon Yoʻldosh qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Shaxslarning muomala layoqatida nuqsoni bor yoki yoʻqligini aniqlash tuzilayotgan bitim yoki shartnomalarning haqiqiy yoxud haqiqiy emasligi asosini tashkil etadi. Fuqarolik munosabatlari ishtirokchilarining iroda hamda intellektual holatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarning koʻpligi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning adolat bilan kechmasligiga sabab boʻladi. Iroda holatining buzilishi sababli insonlar oʻz xatti-harakatlarini boshqara olmasliklariga, intellektual holatdagi oʻzgarishlar esa harakatlarni anglay olmasliklariga olib keladi. …

Asadov Shahriddin Faxriddin oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Maslahat xizmatlari zamonaviy biznesning ajralmas qismiga aylandi va ularning axloqiy hamda professional ishlashini taʼminlash uchun tartibga soluvchi nazorat zarur. Soʻnggi yillarda konsalting sanoati professional ekspertiza va bozor bilimlariga boʻlgan talabning ortishi tufayli katta oʻsishni boshdan kechirmoqda. …

Rajabov Nariman Sharifbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc)

Annotatsiya
Maqolada vodorod energetikasining mohiyati va ahamiyati, bu boradagi davlatimiz olib borayotgan siyosat, shuningdek, energetika tizimida ushbu energiya manbasining ahamiyati yoritilgan. Mazkur sohani rivojlantirishga oid milliy qonunchilikning hozirgi holati hamda uni takomillashtirish istiqbollariga doir huquqiy masalalar ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil etilgan hamda bu borada mualliflik takliflari ilgari surilgan. …

Xayitov Panji Buxarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada obyektlar va subyektlarning energiya xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini tushunish tizimi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va tahlil qilish yuzasidan fikr va mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, ekologik huquq nazariyasini yanada rivojlantirish, obyektlar va subyektlarning energiya xavfsizligidagi o‘rni va ahamiyati tushunchasi va tizimi bilan bog‘liq eng muhim masalalar tahlil qilingan. …

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Annotatsiya
Ushbu maqolada Janubiy Afrika Respublikasi jinoyat qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan jazoni yengillashtirish instituti, shu jumladan, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlari, tamom bo‘lmagan jinoyatlarning suiqasd bosqichida va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, faktdan keyingi ishtirokchilik, yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligiga doir ayrim masalalar, aqli norasolik va cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, shartli hukm qilish, …

Umarxonov Azizxon Sharipxonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, ularning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini qonunchilikda yanada mustahkamlash, odil sudlov tizimining chinakam mustaqilligi va ochiqligini taʼminlash, oʻz navbatida, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, mavjudlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonunchilik hujjatlarini bekor qilishni taqozo etadi. …

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

TDYU kadrlar boʻlimi bosh mutaxassisi, TDYU mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Jinoyat-protsessual qonunchilikka koʻra, uy qamogʻi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllanadi va bunda shaxsga nisbatan qonunda nazarda tutilgan ma’lum bir taqiq (cheklov)lar oʻrnatiladi. …

Valeyev Artur Maxmudovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yetakchi maslahatchisi

Annotatsiya
Maqola muallifi O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolangan investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha ikki tomonlama investitsiya shartnomalarining joriy holatini tahlil qiladi (bunda avval qabul qilingan qoidalar, yangiliklar, tahliliy va ilmiy ishlar ham hisobga olinadi). Xususan, muallif qonun chiqaruvchining e’tiborini investitsiya faoliyatiga, investitsiyalarning to‘g‘ri himoya qilinishini ta’minlashga, zamonaviy voqelikdagi investitsiyalarning ahamiyatiga, iqtisodiy o‘sishga va xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga solishda davlat organlarining roliga qaratdi. …