ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA XALQARO-HUQUQIY MEXANIZMLAR HAMDA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Kalit so‘zlar:
bola, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, bolalarga nisbatan do‘stona bo‘lgan sudlov, bolaning eng ustun manfaatlari, xalqaro-huquqiy mexanizmlar, konvensiya, “Barnaxus” modeliAnnotatsiya
Mazkur maqolada zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro-huquqiy mexanizmlar, ularning mazmuni, amaliy ahamiyati hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, jinsiy, e’tiborsizlik, ekspluatatsiya va bulling kabi shakllari yoritilib, ularning bolaning shaxsi, ruhiy holati va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, Lanzarote konvensiyasi, Pekin qoidalari hamda boshqa universal va mintaqaviy xalqaro-huquqiy hujjatlarning jabrlangan bolalarni himoya qilishdagi o‘rni o‘rganiladi. Maqolada bolaning eng ustun manfaatlari, qayta viktimizatsiyaning oldini olish, bolalarga do‘stona odil sudlov, reabilitatsiya va reintegratsiya mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tizimli, huquqiy va qiyosiy-huquqiy tahlil asosida xalqaro standartlarning O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilinishi, amaliyotdagi mavjud muammolar va institutsional bo‘shliqlar baholanadi. Xorijiy tajriba, xususan “Barnaxus” modeli va bolalar advokatlik markazlari faoliyati tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni kompleks himoya qilish tizimini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.



