DAVLAT SUVERENITETI VA YUQORI BALANDLIKDAGI PLATFORMA STANSIYALARINING (HAPS) HUQUQIY REJIMI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

yuqori balandlikdagi platforma stansiyalari (HAPS), havo suvereniteti, havo va kosmik fazoni delimitatsiya qilish, uchuvchisiz havo kemalari, stratosfera, fazoviy yondashuv, funksional yondashuv, Karman chizig‘i

Annotatsiya

Ushbu maqola xalqaro havo huquqi nuqtayi nazaridan 18–25 km balandlikda harakatlanuvchi uchuvchisiz stratosfera apparatlari – yuqori balandlikdagi platforma stansiyalarining huquqiy rejimini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi stratosfera platformalarining texnologik rivojlanishi hamda amaldagi xalqaro huquqiy hujjatlarda havo suverenitetining aniq yuqori chegarasi belgilanmaganligi bilan izohlanadi. Bu esa o‘z navbatida qo‘llanadigan huquqiy rejim bo‘yicha doktrinаl va amaliy mavhumlikni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotning maqsadi – ushbu platformalar faoliyat yuritadigan balandliklardagi havo hududi ustidan davlatlarning to‘liq va mutlaq suvereniteti saqlanib qolishi haqidagi tezisni asoslashdan iborat. Tadqiqotning metodologik asosini rasmiy-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va tizimli-tarkibiy metodlar, shuningdek, doktrinаl tahlil tashkil etadi. Tadqiqot 1944-yildagi Chikago konvensiyasini tizimli tahlil qilish, uning ilovalarini Xalqaro elektr aloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti qoidalarini tahlil qilish, shuningdek, davlatlarning xalqaro amaliyoti va yetakchi doktrinаl konsepsiyalar – fazoviy va funksional yondashuvlarni o‘rganishga tayanadi. Tadqiqot natijasida yuqori balandlikdagi platforma stansiyalari qaysi yondashuv qo‘llanishidan qat’i nazar, havo kemasi sifatida malakalanishi mumkinligi, ular hududiy davlat yurisdiksiyasiga bo‘ysunishi va parvozlarni amalga oshirish uchun davlatning aniq roziligi talab etilishi to‘g‘risidagi xulosa asoslantirilgan. 2023-yilda AQSH hududi tepasida Xitoy aerostati bilan bog‘liq sodir bo‘lgan voqea va bir qator davlatlarning pozitsiyalari davlatlarda stratosfera ustidan suverenitetini saqlab qolish foydasiga barqaror huquqiy ishonch (opinio juris) mavjudligini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari sohaviy xalqaro tashkilotlarning qonun ijodkorligi faoliyatida va milliy qonunchilikni shakllantirishda qo‘llanishi mumkin. O‘tkazilgan tadqiqot asosida davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun ushbu sohada maxsus xalqaro-huquqiy tartibga solishni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

DAVLAT SUVERENITETI VA YUQORI BALANDLIKDAGI PLATFORMA STANSIYALARINING (HAPS) HUQUQIY REJIMI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 155-165. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/624