HAMMAGA MA’LUM TOVAR BELGILARI MUHOFAZASI: O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGINING TRIPS STANDARTLARIGA MUVOFIQLIGI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

hammaga ma’lum tovar belgisi, TRIPS, JST, intellektual mulk, hammaga ma’lum deb e’tirof etish, kengaytirilgan huquqiy muhofaza, isbotlash standartlari

Annotatsiya

Maqola O‘zbekiston Respublikasining hammaga ma’lum tovar belgilarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligining Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari bo‘yicha bitim (TRIPS) standartlariga muvofiqligini o‘rganishga bag‘ishlangan. TRIPSning 16.2- va 16.3-moddalari tahlili asosida milliy tartibga solishni yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, bir xil turga mansub bo‘lmagan tovarlar va xizmatlarga nisbatan umume’tirof etilgan tovar belgilarining kengaytirilgan muhofazasini mustahkamlash, fuqarolik-huquqiy himoya vositalarini kuchaytirish, dalil-isbot standartlarini qayta ko‘rib chiqish hamda ma’muriy amaliyotning shaffo�ligini oshirish zarurligi aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining 2013–2025-yillardagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu tahlil hammaga ma’lum deb e’tirof etish tartib-taomilining amaliy samaradorligi juda pastligidan dalolat beradi. Shuningdek, maqolada Rossiya Federatsiyasi, Yevropa Ittifoqining keng tanilgan va obro‘si yuqori tovar belgilarini muhofaza qilishga doir yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy-huquqiy tahlil natijalariga ko‘ra, qonunchilikni takomillashtirish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni 322-moddasini to‘ldirish, huquqlarni himoya qilishning kompensatsiya mexanizmini joriy etish, maqbul dalillar bazasini kengaytirish, raqamli dalillarni tan olish hamda Apellyatsiya kengashi qarorlarining majburiy e’lon qilinishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ilgari surilayotgan  chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi kontekstida milliy qonunchilikni TRIPS standartlari bilan yanada uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

HAMMAGA MA’LUM TOVAR BELGILARI MUHOFAZASI: O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGINING TRIPS STANDARTLARIGA MUVOFIQLIGI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 90-98. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/616