FUQAROLIK HUQUQIDA BENEFITSIAR MOL-MULK TUSHUNCHASI, MAZMUNI VA TURLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

bene�itsiar mulk, mulk huquqi, fuqarolik huquqi, fidutsiar munosabatlar, korporativ boshqaruv, huquqiy tartibga solish, moliyaviy shaffoflik

Annotatsiya

Mazkur maqolada benefitsiar mulk huquqining huquqiy tabiati, uning fuqarolik huquqi tizimidagi oʻrni hamda zamonaviy iqtisodiy munosabatlardagi ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot predmeti sifatida benefitsiar mulk bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar, obyekti sifatida esa ushbu institutni tartibga soluvchi milliy va xorijiy normalar olingan. Mavzuning dolzarbligi global miqyosda moliyaviy shaffoflikni taʼminlash, soliqlardan qochishning oldini olish hamda noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga qarshi kurash zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-huquqiy, tarixiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada benefitsiar mulk tushunchasining milliy qonunchilikda aniq belgilanmaganligi huquqni qoʻllash amaliyotida turli muammolarni keltirib chiqarayotgani asoslab berildi. Shuningdek, kontinental va anglo-amerika huquq tizimlarida mazkur institutning turlicha talqin qilinishi ochib berildi. Tadqiqot yakunida benefitsiar mulk huquqini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish zarurligi asoslandi. Shu bilan birga, ushbu institutni samarali qoʻllash uchun sud amaliyotini birxillashtirish, vakolatli organlar faoliyatini kuchaytirish hamda manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlarini qonunchilik darajasida batafsil belgilash lozimligi yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

FUQAROLIK HUQUQIDA BENEFITSIAR MOL-MULK TUSHUNCHASI, MAZMUNI VA TURLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 73-81. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/614