RAQAMLI MUHITDA SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARNI HIMOYA QILISHGA OID BMT REZOLYUTSIYALARI: AHAMIYATI HAMDA SAMARADORLIGI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

raqamli muhit, shaxsiy huquq va erkinliklar, maxfiylik huquqi, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari, ommaviy kuzatuv, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

Annotatsiya

Ushbu maqola BMT Bosh Assambleyasining 68/167-sonli va 69/166-sonli rezolyutsiyalarini xalqaro huquqiy tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, raqamli muhitda shaxsiy huquq hamda erkinliklarni himoya qilish sohasidagi normativ tartibning shakllanishi keng ko‘lamda o‘rganilgan. Maqolada ushbu rezolyutsiyalarning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan siyosiy va huquqiy shart-sharoitlar, xususan, 2013-yilda Snouden oshkor qilgan maxfiy ma’lumotlar  natijasida yuzaga kelgan xalqaro munosabat kontekstida ko‘rib chiqiladi. Rezolyutsiyalarning yumshoq huquq (soft law) sifatidagi normativ kuchi va amaliy samaradorligi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 17-moddasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hisobotlari va Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyoti bilan qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Maqolada zarurlik, mutanosiblik, qonuniylik va shaffoflik tamoyillarining raqamli kuzatuvga tatbiq etilishi, shuningdek, hududdan tashqarilik muammosi va xususiy kompaniyalar javobgarligi masalalari ham alohida tahlil qilingan. Natijada rezolyutsiyalarning normativ jihatdan muhim, ammo amaliy samaradorligi cheklangan dastlabki qadam ekanligi asoslangan. Muallif raqamli suverenitet, sun’iy intellekt va majburiy xalqaro mexanizmlar yaratilishi zarurligini ta’kidlab, haqiqiy normativ yutuq kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlariga bog‘liq ekani haqida xulosa qilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

RAQAMLI MUHITDA SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARNI HIMOYA QILISHGA OID BMT REZOLYUTSIYALARI: AHAMIYATI HAMDA SAMARADORLIGI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 154-163. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/602