SUD CHAQIRUVLARI TIZIMIDA RAQAMLI ISLOHOTLAR VA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

raqamli sud, xabarnoma, chaqiruv, sun’iy intellekt, fuqarolik protsessual, iqtisodiy protsessual

Annotatsiya

Mazkur maqolada sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish, fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual qonunchilikdagi sud xabarnomalari hamda chaqiruvlarining huquqiy asoslari, ishtirokchilarni xabardor qilish va chaqirish tartibi, olimlarning bu boradagi ilmiy qarashlari, xorijiy davlatlar tajribasida sud xabarnoma va chaqiruvlari qanday darajada rivojlanganligini qiyosiy-huquqiy solishtirish imkonini beradi. Sud jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etishning afzalliklari bilan bir qatorda, ularning qo‘llanishi bilan bog‘liq ayrim muammo va xavf omillari ham mavjud. Jumladan, sun’iy intellekt tomonidan tahlil natijalarining ishonchliligi, shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash, inson omilining kamayishi natijasida mas’uliyat kimning zimmasiga yuklanishi kabi masalalar alohida e’tibor talab qiladi. Bundan tashqari, maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini sudlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etish jarayonida ularni qo‘llash chegaralari, milliy qonunchilikni takomillashtirish, sud jarayonlarida xabarnoma va chaqiruvlarni to‘liq raqamlashtirish, elektron sud tizimini yanada rivojlantirishga doir bir qator taklif, tavsiyalar ilgari surilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

SUD CHAQIRUVLARI TIZIMIDA RAQAMLI ISLOHOTLAR VA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 67-75. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/593