O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLARNING HUQUQIY REJIMI: O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDAGI MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Kalit so‘zlar:
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat, mulk huquqi, qurilish huquqi, shaharsozlik huquqi, sud amaliyoti, imoratni buzish, legallashtirish, fuqarolik huquqiAnnotatsiya
Mazkur maqolada o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning huquqiy rejimi hamda ularni tartibga solish bilan bog‘liq muhim muammolar tahlil qilingan. Ushbu muammolar uzoq vaqtdan beri o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda va mamlakatimizda mulk huquqi daxlsizligi kafolatlarining ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu institutning huquqiy asoslari, xususan, Fuqarolik kodeksining tegishli normalari o‘rganilib, sud amaliyotida uchrayotgan asosiy muammolar aniqlangan. O‘rganish natijalari o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga oid nizolarni ko‘rib chiqishda mulk huquqini tan olish mexanizmining aniq mezonlari yetarli darajada belgilanmagani, bunday nizolar uchun maxsus da’vo muddati mavjud emasligi hamda imoratni buzish chorasi ko‘pincha ustuvor qo‘llanayotgani amaliyotda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganini ko‘rsatdi. Maqolada Angliya, Germaniya va Italiya davlatlarida mazkur sohadagi huquqiy tartibga solish tajribasi ham tahlil qilingan. Mazkur tahlillar asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan bir qator takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga oid nizolar uchun aniq da’vo muddatini belgilash, imoratni qonunchilik talablariga moslashtirish mexanizmlarini joriy etish hamda qurilish jarayoni ustidan davlat nazoratini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.



